Hokim iqtidorli yoshlar davrasida

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Tumanimizda iqtidorli o‘quvchilarni rag‘batlantirishning o‘ziga xos tizimi sifatida “Hokim stipendiyasi” joriy etilgandi. O‘tgan bir yil davomida a’lo baholari, adabiyot, san’at va sportda erishayotgan yutuqlari uchun 41 nafar yigit-qizlar ushbu e’tirofga sazovor bo‘lishdi. E’tiborlisi, ular joriy yilgi oliy ta’lim muassasalariga qabul imtihonlaridan ham muvaffaqiyatli o‘tib, talaba bo‘lish baxtiga erishdilar.

Yangi o‘quv yili boshlanishi bilan “Hokim stipendiyasi” tanlovining yangi bosqichiga start berildi. Bugun sentabr oyi g‘oliblari aniqlandi. Tuman hokimi Qayum Sobirov 4 nafar sovrindorlar bilan uchrashdi. Suhbat davomida hokim ularning rejalari, intilishlari bilan qiziqdi.

Stipendiatlarga kitoblar jamlanmasi sovg‘a qilindi.

***

Joriy yilgi qabul imtihonlari davomida 12 nafar jomboylik xotin-qizlar qo‘shimcha davlat granti o‘rinlarini qo‘lga kiritgani haqida xabar qilgandik. Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan ular ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda tuman hokimi va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Iste’dodli qizlar va ularning onalariga tashakkurnoma, esdalik sovg‘alari berildi.

2015-2024 © GOVERNMENT OF JOMBOY DISTRICT. Maked by: SAKTRM