Ta’lim muassasalarida

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Xalqaro ozon qatlami yemirilishining oldini olish kuni munosabati bilan ta’lim muassasalarida turli tadbirlar, davra suhbatlari o‘tkazilmoqda.

2-umumtaʼlim maktabining 11-sinf o‘quvchilariga tabiatni asrash insoniyat burchi ekani, asrimizda kuzatilayotgan iqlim muammolari yuzasidan tushuncha berildi.

G‘ayrat MURODOV.

***

24-maktabda o‘tgan geografiya mashg‘ulotida Dilrabo Abduhamidova ozon qatlamining zaminda hayot manbai ekanini  o‘quvchilarga tushuntirib berdi.

Hamza MUHAMMADIYEV.

***

12-umumta’lim maktabida “Kasblar oyligi” munosabati faxriy pedagog Dodar Primova bilan uchrashuv o‘tkazildi. Nafaqadagi ustoz o‘quvchi-yoshlarga hayotiy tajribasi haqida so‘zlab berdi. Shuningdek, “Tadbirkor – elga madadkor” loyihasi asosida “Zarmak loviyasi” oilaviy korxonasi rahbari Sherali  Salohiddinov bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Gulnoza QOBILOVA.

***

51-umumta’lim maktabida yoshlar ittifoqi va “Kamalak” sardorlari saylovi o‘tkazildi. Har bir nomzod “Agar men sardor bo‘lsam” mavzuida tashabbus va loyihalarini taqdim etdi. Taqdimotdan so‘ng sinf sardorlari o‘zlari munosib bilgan nomzodga ovoz berishdi.

Zarnigor AZIMOVA.

2015-2024 © GOVERNMENT OF JOMBOY DISTRICT. Maked by: SAKTRM