Deputat saylovchilarga hisobot berdi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Tuman kengashi deputati Nodir To‘rayev Quduqli mahallasidagi 29-umumta’lim maktabida aholi bilan uchrashdi. Tadbirda 2022-yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan saylovchilarga hisobot berildi. O‘tgan davr mobaynida aholidan 78 ta murojaatr kelib tushgani va ularning salmoqli qismi yechim topgani ta’kidlandi.

Jumladan, Quduqli qishlog‘iga yangi transformator hamda simyog‘och ustunlar o‘rnatilishi, o‘ndan ortiq fuqarolarga gaz ballon ajratilishida ko‘mak ko‘rsatilgani e’tiborga molik. Bundan tashqari, to‘rtta ehtiyojmand fuqarolarga qurilish materiallari olish va besh nafar bemor yurtdoshlarimizga davolanish uchun amaliy yordam berilgan.

Tadbir davomida fuqarolarning o‘ndan ortiq murojaatlari qabul qilindi.

Quduqli-2 qishlog‘idan Maysara Safarova gaz ballon olish hamda ichki yo‘llarga tosh to‘kishga yordam so‘radi. Quduqli-1 qishlog‘idan Sarvar Tojiyeva farzandining o‘qishi uchun shartnoma pulini to‘lashda qiynalayotganini bildirdi.

Ayrim murojaatlar deputat tomonidan joyida borib o‘rganildi. Har biri bo‘yicha mutasaddilarga deputlik so‘rovi yuborilishiga kelishib olindi.

Tadbir doirasida 29-maktabning 11-sinf bitiruvchilari bilan ham uchrashuv o‘tkazildi.

2015-2024 © GOVERNMENT OF JOMBOY DISTRICT. Maked by: SAKTRM