"Zarafshon"ga mehmon keldi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

14 iyul kuni kechki payt Toyloq tuman Xonchorbog‘ mahallasida yashovchi Mahbuba Ergashova xonadoniga noma'lum qush kirib qolgan. Fuqaro zudlik bilan Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasiga xabar bergan.

Mutaxassislarning aniqlashicha, jonivor Jiyron qarqara bo'lib, O'zbekiston va xalqaro "Qizil kitob"ga kiritilgan. U uzun oyoqlilar turkumining qarqaralar oilasiga mansub qush. Osiyo va Yevropaning janubida, shuningdek, Afrikada tarqalgan. Sirdaryo, Amudaryo atroflari, Chirchiq va Ohangaron vodiylarida uchraydi. Qamishzorlar, ba’zan butazorlarga uya soladi.

Qush ayni paytda sog‘lom, tumanimizdagi Zarafshon milliy tabiat bog‘iga vaqtincha saqlash uchun topshirildi. Maxsus tekshiruvdan so'ng tabiat qo'yniga qo'yib yuboriladi.

2015-2024 © Jomboy tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM