Haloskorlar kuni nishonlandi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Noyabr oyining ikkinchi yakshanbasi mamlakatimizda “Tibbiyot xodimlari kuni” sifatida nishonlanadi. Shu munosabat bilan tumanimizda bayram tadbiri tashkil etildi.

Darhaqiqat, o‘z hayoti va faoliyatini insonlarning salomatligini asrashdek sharafli, mashaqqatli ishga bag‘ishlagan tibbiyot xodimlarini har qancha e’tirof etsa arziydi. Ularning hayotimizdagi o‘rni va ahamiyatini xalqimiz sinov, pandemiya davrida yana bir bor his etdi.

Bugun tibbiyot birlashmasida xizmat qilayotgan soha fidoyilari soni 2 mingga yaqin. Tadbirda ularning samarali faoliyati yuksak e’tirof etildi.

Tadbirda so‘zga chiqqan tuman hokimi Qayum Sobirov sohadagi islohotlar, ularning natijasi yusidan fikr-mulohazalarini bildirdi.

– Mamlakatimizda tibbiyotning rivojlanishi faqat markaziy shaharlar emas, qishloq hududlaridagi aholiga ham zamonaviy, sifatli xizmat ko‘rsatish imkonini yaratmoqda, – dedi hokim. – Shu jihatdan tumanimiz tibbiyot birlashmasiga Germaniyaning “RZ medizintechnik” kompaniyasida ishlab chiqarilgan loporoskopik videotizim qurilmasi olib kelindi. Shu orqali bemorlar sog‘ayishi tezlashib, ijtimoiy hayotga qaytishi osonlashadi. Shu misolning o‘zi ham mamlakatimizda inson qadri qanchalik muhim ekanidan dalolat beradi.

Tadbirda bir guruh soha fidoyilari taqdirlandi.

2015-2024 © Jomboy tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM