Soliq tizimida korrupsiyaga qarshi qatʼiy kurash olib boriladi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Ommaviy axborot vositalari yoki ijtimoiy tarmoqlarda qaysidir soha xodimining korrupsiyaga oid jinoyat bilan qo‘lga olingani haqida tez-tez e’lon qilinadi. Oson pul topish uchun o‘z mansab-vakolatini suiiste’mol qilgan ta’magirning boshi egik, noiloj turganini namoyish etishdan maqsad boshqalar bu kabi jinoyatga qo‘l urushining oldini olishdir.

Tuman soliq inspeksiyasida o‘tkazilgan davra suhbatida ham ushbu jihatga e’tibor qaratildi. Xodimlarga poraxo‘rlik va ta’magirlik illatlaridan saqlanish eslatildi.

Viloyat davlat soliq boshqarmasi shaxsiy xavfsizlik bo‘limi boshlig‘i G‘.Matsapayev so‘zga chiqib, ichki mehnat tartibi va odob-axloq qoidalariga rioya etish, xizmat vazifasiga mas’uliyat bilan yondashish kasbiy burch ekanini ta’kidladi.

– Korrupsiyaga oid jinoyatlar avvalo, davlat va millat kelajagiga, iqtisodiyot asoslariga xavf tug‘dirishi bilan xatarlidir, – deydi G‘.Matsapayev. – Qolaversa, ta’magirning el-yurt ichida yuzi shuvut bo‘ladi. Yaqinlari isnodga qoladi. Davra suhbatlarida bu borada tushunchalar berilmoqda. Xodimlar o‘ziga kerakli xulosa chiqarsa, maqsadimizga erishgan bo‘lamiz.

Shuningdek, tadbirda tuman adliya bo‘limi mas’ullari ishtirok etib, “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonun mazmuni haqida ma’lumot berishdi.

Shu o‘rinda tadbirkorlik subyekti vakillari va fuqarolardan soliq xodimlarining noqonuniy xatti-harakatiga guvoh bo‘lganda org@soliq.uz elektron pochtasiga, https://t.me/dsq_anticorrupciya_bot telegram manziliga yoki +998 (71) 244-98-98, +998 (55) 704-16-06 va +998 (55) 704-10-34, 1198 telefon raqamlariga murojaat qilishlarini so‘raymiz.

2015-2024 © Jomboy tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM