Bolalar nafaqasining miqdori qancha?

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Mamlakatimizda bolalar nafaqasini tayinlash elektron tizim asosida amalga oshiriladi. Bunda Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan “Kam ta’minlangan oilalarni “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali aniqlash, ularga nafaqa va moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi nizom muhim dastur bo‘lib xizmat qilmoqda.

Ushbu hujjatga asosan, bolalar nafaqasi oiladagi bolalar sonidan kelib chiqib, 12 oy muddatga tayinlanadi. Biroq oilaning eng kichik yoxud yagona bolasi tegishlicha o‘n sakkiz yoshga to‘lgan oyning oxirigacha to‘lanadi.

Agar bir oilada tug‘ilgan, farzandlikka olingan yoki vasiylikka qabul qilingan bolalar egizak bo‘lsa, ularning biri 3 yoshgacha kichik bola, keyingilari mos ravishda ikkinchi, uchinchi yoki to‘rtinchi hisoblanadi.

Bolalar nafaqasi tayinlangan oilada bolalar soni o‘zgargan taqdirda bolalar nafaqasi miqdori bolalarning tegishli sonidan kelib chiqib, keyingi oydan boshlab qayta hisoblanadi.

Prezident farmoni bilan 2021-yil 1-sentyabrdan bolalar nafaqasini tayinlashda inobatga olinadigan yosh 14 yoshdan 18 yoshga, to‘lov muddati esa 6 oydan 12 oyga oshirilgan. Bunda kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam tolovlarining quyidagi miqdorlari belgilandi:

– 3 yoshdan 18 yoshgacha bitta farzand uchun 250 ming so‘m;

– 3 yoshgacha bitta kichik farzand uchun 325 ming so‘m;

– Ikkinchi farzand uchun qo‘shimcha 150 ming so‘m;

– Oilaning uchinchi va undan keyingi har bir farzandi uchun 100 ming so‘mdan;

– Kam ta’minlangan oilalar uchun moddiy yordamning oylik miqdori 380 ming so‘m.

Navro‘za HAMDAMOVA,

Pensiya jamg‘armasi tuman bo‘limi boshlig‘i.

2015-2024 © Jomboy tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM