Xalq banki xalq orasida xayriyaga kirishdi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Хalq banki tuman filiali jamoasi muborak Qurbon hayiti arafasida xayrli tashabbusga qo'l urdi. Nogahon, Sarqipchoq, Qo'lbosti, Qo'ng'irot, Olmazor kabi markazdan olis mahallalarda istiqomat qilayotgan, ehtiyojmand oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi. 

– Tashabbusni jamoamiz a'zolari qo'llab-quvvatlashdi, – deydi filial rahbari Nigina Mahmudova. – Asosiy e'tiborni chekka hududlarda, og'ir ijtimoiy vaziyatda yashab kelayotgan, nogironligi bo'lgan fuqarolarga qaratdik. Xalqimizga xos mehr-saxovat qadriyatlari bugungi muborak kunlarda yanada mustahkamlanishi kerak, deb o'ylayman.

Tadbir davomida bank mutasaddilari har bir ehtiyojmand xonadonga kirib, ularning ko'ngliga quloq tutishdi. Muammolari, kamchiliklarini, taklif, fikr-mulohazalarini eshitishdi. Hayit ayyomi bilan muborakbod etib, 12 turdagi mahsulotlar berildi.

2015-2024 © Хокимият Джамбайского района. Разработан в: SAKTRM