MIB xabar qiladi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Majburiy ijro byurosi ish yurituviga jinoyat ishlari bo‘yicha Bulung‘ur tuman sudining 2021-yil 8-iyundagi qarori kelib tushgan. Unga ko‘ra, huquqbuzar – qarzdor O.O‘.dan jabrlanuvchi – undiruvchi A.B. foydasiga 17 million 213 ming so‘m moddiy zarar undirilishi belgilangandi.

Ijro harakatlari davomida har ikki tomon bilan suhbat o‘tkazildi. Natijada, undirilishi lozim bo‘lgan mablag‘ nizosiz tarzda jabrlanuvchiga olib berildi.

Hasan BOZORBOYEV.

***

Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudning 2021-yil 11-iyundagi qaroriga asosan, fuqaro B.Q.dan undiruvchi M.Sh. foydasiga farzand ta’minoti uchun maoshining to‘rtdan bir qismi miqdorda aliment undirish belgilan.

Shu asosda byuroning tuman bo‘limi tomonidan ijro ishi qo‘zg‘otildi.

Qarzdorning mol-mulklarini aniqlash maqsadida tegishli tashlikotlarga so‘rovnoma yuborildi, olingan ma’lumotlar asosida taqiq qo‘llandi.

O‘tkazilgan profilaktik suhbatlar natijasida qarzdor turmush o‘rtog‘i bilan yarashib, oilasini tiklash va bolarini o‘zi tarbiya qilish istagi borligini bildirdi.

Olib borilgan ijro tadbirlari davomida ushbu oila yarashtirilib, ijro hujjati Qonunning 40-moddasi 1-qismiga asosan tamomlandi.

Shahboz ABDURAHMONOV.

2015-2024 © Хокимият Джамбайского района. Разработан в: SAKTRM