Faollar To‘qqizboyda jam bo‘ldi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Tuman hokimligi tashabbusi bilan To‘qqizboy mahallasida amaliy seminar o‘tkazildi. Sektar rahbarlari, mahalla raislari va faollar qatnashgan tadbirda hududning o‘ziga xos uzumchilik qishlog‘iga aylanayotgani taqdimot qilindi. Bu borada to‘qqizboyliklar tajribasi aniq misollar bilan o‘rganilib, boshqa qishloqlarga ham ommalashtirish tavsiya etildi.

Tadbir doirasida tajribali bog‘bon Ubaydulla Mamatqulov uzum yetishtirish usullari, sir-asrorlari haqida so‘zlab berdi.

– Uzumchilik murakkab emas, ammo serdaromad soha, – deydi U.Mamatqulov. – Voyish qilish uchun oddiy terak cho‘plaridan foydalanish ham mumkin. O‘simlik ildizi chuqurroq ko‘milsa, kelgusida tanasi baquvvat bo‘ladi.

Shuningdek, ishtirokchilarda sektor ko‘chma shtabi va yangi qurilayotgan mahalla binosi qiziqish uyg‘otdi.

***

Amaliy seminar 29-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida davom etdi. Maktab va maktabgacha ta’lim dargohlarida faoliyat yuritayotgan mas’ullar qatnashgan tadbirda yurtimizda ta’limga qaratilayotgan e’tibor xususida so‘z yuritildi.

Mazkur muassasada so‘nggi oylarda amalga oshirilgan obodonchilik ishlari namuna sifatida ko‘rsatildi. Bunda fidoyilik ko‘rsatgan xodimlarga tuman hokimi minnatdorchilik bildirdi.

Tashkilot tajribasi boshqa maktabgacha ta’lim muassasalariga ham ommalashtirilishiga kelishib olindi.

2015-2024 © Хокимият Джамбайского района. Разработан в: SAKTRM