Umummilliy aksiya: Jomboyda 203 ming tupdan ortiq daraxt ekildi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Tumanimizda “Yashil makon” umummilliy loyihasi qizg‘iz davom etyapti. Jumladan, bugun Dehqonobod, So‘xmon, Eski Jomboy mahallalaridagi aholi xonadonlari va fermer xo‘jaligi ekin maydonlariga 8 ming tupdan ortiq mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.

Qayd etish joizki, 2021-2022-yillar kuz-bahor mavsumida tumanimzida 1 million 203 ming tup mevali, manzarali nihollar o‘tqazish rejalashtirilgan. Shundan 451 ming tupi noyabr-dekabr oylarida ekiladi.

Ayni paytgacha qishloq xo‘jalagi, ijtimoiy soha obyektlari, qurilish, ta’lim muassasalari hududida 203 ming tupdan ortiq daraxt va buta nihollari o‘tqazildi.

Bundan tashqari, kun davomida “Uz Truck and Bus Motors” avtomobil zavodi hamda To‘qqizboy mahallasidagi yo‘l yoqalariga qayrag‘och, terak, tok, tut kabi daraxt nihollari ekildi.

 

2015-2024 © Хокимият Джамбайского района. Разработан в: SAKTRM