Qonun va qaror ijrosi o‘rganildi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Tumanimizda tashqi reklama vositalarining “Davlat tili haqida”gi qonunga muvofiqligi holati viloyat hokimining maslahatchisi Sherali Temirov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan o‘rganildi. Shuningdek, tuman hokimligida “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori ijrosi tahlil qilindi.
O‘rganish davomida 300 ga yaqin tashqi reklama vositalarining belgilangan tartibga mos kelmasligi, 10 ga yaqin ish hujjatlarining kamchiliklari aniqlandi. Tanqidiy yigʻilish oʻtkazilib, mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Asqarbek QURBONOV,
tuman hokimining maslahatchisi.

2015-2024 © Хокимият Джамбайского района. Разработан в: SAKTRM