“Mobil metodik guruhlar” faoliyati qoniqarlimi?

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Viloyatimizda umumta’lim maktabi pedagoglari bilimini oshirish hamda yangicha o‘qitish uslublarini amaliyotga kengroq joriy etish bo‘yicha “Mobil metodik guruhlar” faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Bunda o‘qituvchilar bilimini sinovdan o‘tkazish, aniqlangan bo‘shliqlarni bartaraf etishga qaratilgan mashg‘ulotlar tashkil etish ko‘zda tutilgan.

Tuman hokimligida mavzu yuzasidan amaliy seminar o‘tkazildi. Tadbirda Samarqand davlat universiteti qoshidagi O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti direktori, professor A.Begmatov, tuman hokimi Q.Sobirov, sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari hamda xalq ta’limi bo‘limi mutasaddilari qatnashdi.

Muloqotda umumta’lim muassasalari o‘qituvchilari bilimini yaxshilash hamda yangicha o‘qitish uslublarini joriy qilishning ahamiyati tushuntirildi.

Mobil  guruhlar yordamida ko‘chma ochiq eshiklar kuni tashkil etish, o‘quvchilarni oliy va kasbiy ta’limga yo‘naltirishga qaratilgan targ‘ibot ishlarini kuchaytirish belgilandi.

2015-2022 © Хокимият Джамбайского района. Разработан в: SAKTRM