Gʻalaba va mag‘lubiyat tuyg‘usi. Jurnalist va blogerlar o‘rtasidagi “Zakovat” turniridan reportaj

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni arafasida “Zakovat” intellektural turniri o‘tkazildi. Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi tashabbusi bilan tashkil etilgan yirik musobaqa Toshkent shahrida jurnalist va bolgerlardan iborat 59 ta jamoa o‘rtasida kechdi. Jumladan, tumanimizning “Jomboy tongi” gazetasi tahririyati xodimlari viloyatimiz sharafini munosib himoya qilishdi.

Dastlab jamoalar ikki tur bo‘yicha saralash bosqichidan o‘tishdi. Har bir turda 15 tadan 30 ta savol o‘ynaldi. Yakuniy natijaga ko‘ra, 27 ta jamoa musobaqani tark etishga majbur bo‘ldi. Jomboylik jurnalistlar ushbu marrani 14 ball bilan 18-o‘rinda yakunlab, pley-off bosqichiga yo‘l oldi.

To‘rt turdan iborat ushbu bosqich vakillarimiz uchun hayajonli daqiqalarga boy o‘tdi. Jumladan, 1/16 o‘yinlarda taniqli blogerlardan iborat “To‘rtinchi hokimiyat” jamoasi ustidan qozonilgan g‘alaba o‘yinning yorqin daqiqalariga aylandi.

Ta’kidlash joizki, nimchorak final musobaqaning eng kuchli jamoalari uchun ham sinovli kechdi. Yaqqol favoritlar turnirni tark eta boshladi. Taniqli nashr vakillaridan ham yuqori natija qayd etgan “Jomboy tongi” jamoasi chorak finalda musobaqani yakunladi – 9-o‘rin.

Finalga jurnalist Muhrim A’zamxo‘jayev yetakchiligidagi “Energy”, bloger Nurbek Alimov boshchiligidagi “Million ilinjida” jamoalari chiqdi. “Fiesta” va “Creative team” jamoalari 3-4 o‘rinlarni taqsimlab olishadi.

Yakuniy bosqich 26-iyun kuni yuqoridagi 4 jamoa o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.

 

2015-2024 © Хокимият Джамбайского района. Разработан в: SAKTRM