Jinoyatga qarshi jamiyat birlashmog‘i lozim

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Jinoyat jamiyat uchun xatarli illat bo‘lib, avvalo xavfsizlikka, barqaror rivojlanishga tahdid soladi. O‘tkazilayotgan profilaktik tadbirlarga qaramay oramizda jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etayotganlar uchrayotgani tashvishlidir. Bu jamoatchilikning yanada mustahkam hamkorlik qilishi zarurligini ko‘rsatadi.

Samarqand mahallasida mavzu yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi. Sektor rahbari B.Baratov, mahalla raisi A.Norxo‘jayev, ichki ishlar bo‘limi xodimi J.Mamatkarimov ishtirok etgan tadbirda so‘nggi vaqtlarda hududda yuz bergan jinoyatlar muhokama etildi.

Ta’kidlanishicha, 4-yanvar kuni tezkor xodimlar tomonidan Shukur Burhonov ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqaro xonadonida maxsus tadbir o‘tkazilgan. Natijada, gumonlanuvchi O.A. giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug‘ullanayotgani ashyoviy dalillar bilan tasdig‘ini topgan.

Davra suhbatida ushbu noxush holatga sabab bo‘lgan omillar tahlil qilindi. Mahalla faollari, jamoatchilik vakillari fikr-mulohazalarini bildirishdi. Bu kabi illatlarning oldini olishda kelgusida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.

Giyohvandlik millat genofondini xavf ostiga qo‘yishi bilan ham og‘ir jinoyat sanaladi. U avvalo, farzandlarimizha chang soladi. Demak, unga qarshi kurashish barchaning burchidir.

Tadbirda shuningdek, firibgarlik hamda voyaga yetmaganlarni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash jinoyatlari oshib borayotgani tanqid qilindi. Ushbu yo‘nalishdagi profilaktik tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

Shohista NAMOZOVA,
40-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi direktori,
tuman kengashi deputati.

2015-2024 © Хокимият Джамбайского района. Разработан в: SAKTRM