Jomboy tumanida 2023 yil yanvar oyi davomidadavlat soliq xizmati organi tomonidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida MA’LUMOT

2023-yil yanvar oyida 5,4 mlrd.so‘mliktushum ta’minlanib, o‘tgan yilning mos davri 4,8 mlrd.so‘mganisbatanreja 111,7 foizgao‘sishga erishildi.

Jumladan, mahalliy yer va mol-mulk soliqlariga 2022 yil yanvar oyida 280,0 mln.so‘mlik tushum ta’minlangan bo‘lsa, joriy yilda bu ko‘rsatkich 1,9 baravarga oshib, 539,7 mln.so‘mni tashkil etdi.

Tadbirkorlik faoliyatini endi boshlagan hamda faoliyati davomida qiyinchilikka duch kelayotgan tadbirkorlik sub’ektlariga “Soliqchi – tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili doirasida yordam berish maqsadida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

“Soliqchi – tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili doirasida yanvar oyida 521 ta tadbirkorlik sub’ekti o‘rganildi. Shundan, 505 tasiga ko‘maklashish zarurligi aniqlandi.

Jumladan, dastlabki buxgalteriyani yuritishda 137 ta, E-ijara AAT bo‘yicha tushuncha berish va undan qanday foydalanish bo‘yicha ko‘maklashish 54 ta,E-aktiv AAT bo‘yicha tushuncha berish va undan qanday foydalanish bo‘yicha ko‘maklashish 73 ta, E-imtiyoz AAT bo‘yicha tushuncha berish va undan qanday foydalanish bo‘yicha ko‘maklashish 47 ta,ShXVdan ko‘chirma berish 51 ta, boshqa soliq turlaridagi ortiqcha to‘lov summasini qaytarishda 77 ta tadbirkorlik sub’ektiga ko‘maklashildi. Shuningdek, 11 ta tadbirkorlik sub’ektiga onlayn NKM bilan jixozlanish va 55 ta tadbirkorlik sub’ektiga 2D skanerlari bilan  jixozlanishda, foydalanishda  amaliy yordam ko‘rsatildi.

Mamlakatimizda aholini tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilgan holda ularning bandligini ta’minlashga alohida e’tibor berilmoqda.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil
8-iyundagi PQ-4742-sonli “Tadbirkorlik faoliyati va o‘zini-o‘zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim hujjat bo‘ldi.

Ta’kidlash joizki, jismoniy shaxslar o‘zini o‘zi band qilgan sifatida ro‘yxatdan o‘tishi murakkab jarayon emas. Jumladan, bu Soliq mobil ilovasi yoxud soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali amalga oshiriladi. Ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng matritsali shtrix kod (QR-kod)li guvohnoma beriladi. 2023-yilning yanvar oyida tumanda o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar soni 303 nafarnitashkil etdi.

Bugungi kunda soliq to‘lovchilarning murojaat va savollariga tezkorlik bilan javob qaytarish maqsadida telegram messenjerida https://t.me/SoliqMaslahatchilari va  https://t.me/soliqmaslahatijomboy guruhi tashkil qilingan bo‘lib, savol va murojaatlarga tezkorlik bilan javob berib kelinmoqda.

Soliq tizimida ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni sodda va xalqchil tilda tushuntirishda, ayniqsa, tumanda hali ko‘p ishlarni amalga oshirishimiz lozim. Tuman davlat soliq inspeksiyasida faoliyat yurituvchi barcha darajadagi rahbarlar soliq to‘lovchilarga ko‘mak berishga har doim tayyor. Soliq to‘lovchilar muammolar va savollar bilan bevosita qabulimizga kelib yoki yuqorida ijtimoiy tarmoqlarda ko‘rsatilgan manzil orqali bemalol murojaat qilishi mumkin.

Image_elon: 
jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm
2015-2024 © Хокимият Джамбайского района. Разработан в: SAKTRM