To‘rayevaga yordam ko‘rsatiladi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Vazirlar Mahkamasining “Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”ga qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tuman kengashi deputatlari tomonidan o‘rganish o‘tkazilyapti. Unga ko‘ra, hududlarda “Ayollar daftari”ga kirtilgan xotin-qizlarning yashash sharoitlari, turmush tarzi xonadonbay shaklda tahlil qilinmoqda.

Jumladan, deputat N.Mamatqulov ishtirokida Shirinkent mahallasi aholisi murojaatlari o‘rganildi. Sh.To‘rayeva bilan muloqot o‘tkazilganda ijtimoiy yordamga muhtojligi, og‘ir sharoitda yashashi, uy-joyi ta’mirtalab ekani aniqlandi. Ijtimoiy daftarlarga yo‘naltirilgan mablag‘lar hisobidan unga yordam ko‘rsatilishi belgilandi.

Shuningdek, deputatlar M.Fayzilov, A.Sirojev, K.Abduvohidova o‘zi saylangan okrugda yashovchi ayollar holidan xabar olishdi.

Qayd etish joizki, ushbu qaror orqali mahalliy hokimliklar oldiga “Ayollar daftari”dagi xotin-qizlar muammosini tizimli hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash vazifasi qo‘yilgan. Jumladan, uy-joyga muhtoj ayollarni ijtimoiy yotoqxonalarga joylashtirish, uy-joy ta’mirida ko‘maklashish belgilangan. Bu borada tumanimizda qariyb 50 nafar opa-singillarimizga yordam ko‘rsatildi.

Nodira BARATOVA,
tuman kengashining yoshlar siyosati, xotin-qizlar va gender tenglik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi.

 

2015-2024 © Хокимият Джамбайского района. Разработан в: SAKTRM