60 nafar ayol tibbiy ko‘rikdan o‘tdi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

"Ayollar daftari"ga kiritilgan xotin-qizlar uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi. Tadbir davomida 60 nafar ayol ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika shifokorlari tomonidan bepul tekshiriuvdan o‘tkazildi. Jarayonda besh nafar og‘ir bemor aniqlanib, shifoxonaga yotqizildi. Qolgan 55 nafariga  zaruriy maslahatlar berildi.

– Tibbiy yordamga muhtoj xotin-qizlarni bosqichma-bosqich davolash bo‘yicha aniq tizim yo‘lga qo‘yilgan, – deydi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha hokim maslahatchisi H.O‘sarova. – Tuman tibbiyot birlashmasi bilan bu borada manzilli chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.

Ushbu tadbir Vazirlar Mahkamasining "Moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalarni, xotin-qizlar va yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qaroriga asosan o‘tkazilyapti.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM