Saxovat xayrli tadbir, ammo...

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Saxovat, bag‘rikenglik xalqimizga xos fazilatdir. Muhtaram Yurtboshimiz yuritayotgan siyosat ham aynan ehtiyojmand qatlamni qo‘llab-quvvatlash, shu orqali xalq roziligiga erishishga qaratilgan.

Tumanimizda bu borada amalga oshirilayotgan ishlar ko‘lami salmoqli. O‘tgan bir yil ichida 7 milliard so‘mga yaqin mablag‘ "Saxovat va ko‘mak" jamg‘armasi orqali jomboylik yurtdoshlarimiz ijtimoiy turmushini yaxshilashga yo‘naltirilgani ham fikrimizni tasdiqlaydi. Ammo...

Vaziyatni suiiste'mol qilayotgan, boqimandalikni kasb qilib olgan odamlar ham oramizda uchrayotgani kishini o‘yga toldiradi.

Qo‘lbosti mahallasi "Obod qishloq" dasturi asosida qayta bunyod etilayotganidan xabaringiz bor. Jarayonda uy-joyi yaroqsiz oilalarning yashash sharoitlarini homiylar jalb etgan holda yaxshilash ham ko‘zda tutilgan. Jumladan, fuqaro N.E. uchun uy qurib berildi. Tikuv mashinasi, gaz ballon va gaz plitasi ajratildi. Hatto ro‘zg‘orda asqotadigan idish-tovoq, kiyim-kechaklar ham yetkazib berildiki, maqsad yurtdoshimizni og‘ir kunda yolg‘izlatib qo‘ymaslik, qo‘llab-quvvatlash edi. Ammo ushbu shaxs tuman hokimligi, mahalla fuqarolar yig‘ini, hatto homiylar va xolis yordam ko‘rsatgan quruvchilarga ham yangi-yangi talab qo‘ymoqda.

Tuman hokimligi ushbu orqali fuqaro N.E. uchun imkon doirasida barcha yordam ko‘rsatilgani, uning bundan keyingi talablari qanoatlantirilmasligini ma'lum qiladi.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM