525,5 million so‘mni tasarruf eting

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Mamlakatimizda budjet tasarrufi jarayoni shaffoflashtirilmoqda. Unga ko‘ra,  fuqarolar maktab, bog‘cha, yo‘l qurish-ta’mirlash ishlariga mahalliy budjetdan mablag‘ ajratish tashabbusi bilan chiqishi mumkin. www.openbudget.uz portalida eng ko‘p ovoz olgan takliflar moliyalashtiriladi. Boshqacha aytganda, mahalliy budjetning 5 foizi va qo‘shimcha daromad qismining 30 foizi aynan qaysi maqsadga sarf etilishini aholi hal qiladi. Moliya vazirligi ishga tushirgan yangi “Ochiq budjet” axborot portali shu maqsadga xizmat qiladi.

E’tiborlisi, yangi tizim orqali hududlardagi muammo va kamchiliklar aholi talabidan kelib chiqib bartaraf etiladi. Har bir fuqaro o‘z hududidagi muammoni yozib, joylashtirishi mumkin. Taklif ovozga qo‘yiladi. Eng ko‘p qo‘llab-quvvatlangan tashabbus uchun mahalliy budjet mablag‘larining muayyan qismi ajratiladi.

Portalda nafaqat budjet hajmi, balki soliq, budjet siyosati, davlat tashkilotlari va turli jamg‘armalar mablag‘ining ishlatilishi haqida ma’lumotlar mavjud.

Portaldan foydalanish uchun avvalo, ro‘yxatdan o‘tish zarur. So‘ng taklif berish va ovozga qo‘yish jarayoni boshlanadi.

Masalan, hududdagi ichimlik suvi ta’minoti, yoritish tizimi bilan bog‘liq kamchiliklar, yaroqsiz holatga kelib qolgan ichki yo‘llar yoki ijtimoiy soha ob’yektlarini ta’mirlash, jihozlash hamda moddiy-texnik bazasini yaxshilash bo‘yicha taklif.

“Ochiq budjet” portaliga shu yilning 1 avgustigacha muammolarni kiritish mumkin. Ular 10 ish kunida saralab olinadi hamda 20 kun davomida, ya’ni 1 sentyabrga qadar ovozga qo‘yiladi. Xalq deputatlari tuman kengashi qaroriga muvofiq, g‘olib deb topilgan loyihalar moliyalashtiriladi.

Loyiha uchun tuman hokimligida “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” shaxsiy g‘azna hisob-varag‘i shakllantirilgan. Ayni paytda jamg‘armada 525,5 million so‘m mablag‘ mavjud. Bunda tuman mahalliy budjetining 2021 yil 1 yanvar holatiga erkin qoldiq hisobidan 220,5 million so‘m va 2021 yil 1 chorak daromadlar rejasining oshirib bajarilgan qismi hisobidan 305 million so‘m kelib tushgan.

Tuman hokimligi moliya bo‘limi.

 

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM