208 kishi hayvondan jarohat olgan...

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Tuman hokimligi va favqulodda vaziyatlar bo‘limi hamkorligida yuqumli xastaliklar tarqalishiga qarshi kurishish mavzuida yig‘ilish o‘tkazildi.

Tadbirda tegishli xizmatlar faoliyatida bir qator kamchiliklar borligi qayd etildi. Jumladan, quturish kasalligini oldini olish bo‘yicha veterinariya, tibbiyot birlashmasi, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi hamda obodonlashtirish boshqarmalari o‘rtasida tizimli hamkorlik mavjud emasligi tanqid qilindi.

E’tiborlisi, joriy yilning 6 oyi davomida hayvondan jarohatlanish bo‘yicha 208 ta holat aniqlangan bo‘lsa, 49 tasi egasi noma’lum jonivorlar ishtirokida yuz bergan. Shundan 17 tasi kemiruvchilar hissasiga to‘g‘ri keladi. Tuman hududida daydi it va mushuklarni tutish holati ham qoniqarli emas. 

Yo‘l qo‘yilayotgan shu kabi kamchiliklar keskin tanqid qilindi. Kechiktirib bo‘lmas chora-tadbirlar belgilab olindi.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM