Deputatning qo‘lidan ish keladimi?

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Bu gap aksariyat hollarda savol emas, kinoya tarzida aytiladi. Biroq “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputatlar uchun emas.

Chunki partiyaning parlamentdagi vakillari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar ko‘pchilikka ma’lum. Ularga hamohang tarzda mahalliy kengash deputatlari ham saylovchilarni qiynayotgan turli masalalarda samarali ish olib bormoqda.

Aslida xalq vakili “Qabulimga kim kelarkan?”, deb kutmasligi kerak. Deputatlar joylarga chiqib, aholi bilan uchrashuvlar tashkil qilmoqda. O‘zaro muloqotlarda odamlar turli muammolarni o‘rtaga tashlayapti.

Shunday tadbir tumanimizdagi 18-Oq oltin saylov okrugi aholisi bilan ham o‘tkazildi. Unda kimdir ish topishda yordam so‘ragan bo‘lsa, yana kimdir moddiy yordam olish, boshqa birov sog‘liqni saqlash masalasida murojaat qildi.

Ko‘kgumbaz mahallasida yashovchi O.Najmiddinovaning 5 yoshli farzandi bilan bog‘liq murojaatda har daqiqa g‘animat edi. Negaki, Shukurillo Rizayevga tug‘ma bosh miya falajining gemiparitek shakli tashxisi qo‘yilgan. Unga muntazam parvarish va dori-darmonlar kerak. Oila esa iqtisodiy jihatdan qiynalib qolgan.

Vaziyatdan kelib chiqib deputatlar tashabbusi bilan mazkur oilaga homiylar biriktirildi. Savobli ishni zimmasiga olgan tadbirkor Bahodir Pirimqulov Sh.Rizayevga zarur dori vositalarini keltirib berdi. Oilaga boshqa turdagi yordam ham ko‘rsatilmoqda.

Quvonarlisi, deputatlar e’tibori, saxovatli insonlar ko‘magi bilan Shukurilloning sog‘lig‘i yaxshi tomonga o‘zgarib bormoqda.

Komila UMAROVA,
Partiyaning tuman kengashi raisi.

2015-2021 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM