"Azlar bobo" qabristoniga yo'lak barpo etilgan, kelgusi yilda devor bilan o'rab olinadi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Zarnews.uz saytida tumanimizdagi "Azlar bobo" qabristonini devor bilan o'rash zarurligi yuzasidan murojaat e'lon qilindi. Jumladan, unda hashar yo'li bilan muayyan ishlar bajarilgani, lekin hududni devor bilan o'rab olish uchun mablag' yetmayotgani ta'kidlanadi.

Darhaqiqat, tumandagi barcha qabristonlar hududini o'rash, ichki yo'laklar barpo etish bo'yicha chora-tadbir ishlab chiqilgan. Bugungi kungacha mavjud 68 ta qabristondan 30 tasi obod qilindi. Joriy yilning o'zida Qo'lbosti, Qo'ziguzar, Shirinkent qishloq qabristonlarida yo'laklar ta'mirlanib, devor bilan o'rash chorasi ko'rilmoqda.

Bu boradagi ishlar to'xtab qolmaydi, balki mavjud imkoniyatdan kelib chiqib bosqichma-bosqich bajariladi. "Azlar bobo" qabristoni ham e'tibordan chetda emas. Ichki yo'laklar qurish uchun yaqinda budjetdan sement va boshqa qurilish ashyolari ajratilgani fikrimiz tasdig'idir. Hududni devor bilan o'rash 2022-yil dasturiga kiritilgan. 

Tuman Obodonlashtirish boshqarmasi.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM