Bank rahbariyati deputatlardan uzr so'radi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Joriy yilning 26-iyun kuni rasmiy saytimiz va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizda "Bank rahbarlari sessiyaga nega kelmadi?" sarlavhali maqola chop etilgandi. Unda xalq deputatlari tuman kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga tijorat banki rahbarlarining axboroti kiritilgani, ammo mas'ullar avvaldan izoh bermagan holda sessiyada ishtirok etmagani yoritilgan. 

Holat yuzasidan aksiyadorlik tijorat "Xalq banki" hamda "O'zMilliybank" aksiyadorlik jamiyati rasmiy tushuntirish berdi.

Qayd etilishicha, filial boshqaruvchilari deputatlar oldida axborot berishi zarurligi haqida avvaldan xabardor bo'lgan. Hisobot matni tayyorlangan, kengash kotibiyatiga taqdim etilgan. Ammo sessiya bilan bir xil vaqtda har ikki bankning respublika boshqaruvi tomonidan selektor yig'ilishi o'tkazilgan. Shu sababli filial rahbarlari sessiya ishida qatnasha olmagan. 

"Ushbu holat yuzasidan bank ma'muriyati tuman kengashi deputatlaridan uzr so'raydi", deyiladi rasmiy tushuntirish matnida.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM