40-IDUM tanlov e'lon qildi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Hurmatli ota-onalar!

Tumanimizdagi 40-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi quyidagi fanlar bo‘yicha maxsus sinflardagi bo‘sh o‘rinlar uchun o‘quvchilar o‘rtasida tanlov e’lon qiladi:

Ona tiliga ixtisoslashtirilgan 5-A sinf – 1 ta o‘rin;
Matematikaga ixtisoslashtirilgan 5-B sinf – 5 ta o‘rin;
Ingliz tiliga ixtisoslashtirilgan 6-B sinf – 1 ta o‘rin;
Ona tiliga ixtisoslashtirilgan 7-A sinf – 2 ta o‘rin;
Matematikaga ixtisoslashtirilgan 10-A sinf – 2 ta o‘rin.

Hujjatlar 1-avgustdan qabul qilinadi.
O‘quvchilar, ularning ota-onasi yoki ota-onasining o‘rnini bosuvchi shaxslar maktabda tashkil etilgan maslahat kengashiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari mumkin:
– Maktab direktori nomiga ta’lim yo‘nalishi va sinfi ko‘rsatilgan ariza;
– Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (tug‘ilganlik haqida guvohnoma yoki pasport/ ID-karta) nusxasi;
– 3,5x4,5 o‘lchamdagi 6 dona rangli fotosurat.

Sinov imtihonlari qabul komissiyasi tomonidan tashkil etilib, joriy yilning 10-avgust kuni bo‘lib o‘tadi.
Jarayon 2 bosqichda tashkil etiladi.
1-bosqichda:
Ona tili fanidan diktant, matematika fanidan nazorat ishi, ingliz tili fanidan matnni o‘qish va so‘zlab berish ko‘nikmalari sinovdan o‘tkaziladi.
2-bosqichda:
Ona tili fanidan 20 ta test, matematikadan 20 ta test, ingliz tilidan 20 ta test savollari beriladi.

Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun +998 (93) 330 82-40; +998(94) 407 90-70; +99893 356 20-50 telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.
Manzil: Jomboy tumani Shukur Burhonov ko‘chasi, 10-uy.
Mo‘ljal: Jomboy tibbiyot birlashmasi ro‘parasida.

 

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM