Katta ro'yxatga 2 yil qoldi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Yurtimizda 2023 yil aholini ro‘yxatga olish umummilliy tadbiri o‘tkaziladi. Prezidentning tegishli farmoni bilan tasdiqlangan davlat dasturi ijrosi doirasida statistika qo‘mitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda aholini ro‘yxatga olish konsepsiyasini ishlab chiqdi.

2019 yil 5 fevral kuni “O‘zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi. Joriy yilning mart oyida esa “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi qonun imzolandi.

Unga ko‘ra, aholini ro‘yxatga olish sohasida davlat organlarining vakolatlari, respondent va ro‘yxatga oluvchi xodimlarning huquq-majburiyatlari ham tartibga solingan. Aholini ro‘yxatga olish dasturi yoshi, millati, tillarni bilishi, ma’lumoti, yashash sharoitlari, yashash uchun mablag‘ manbai va boshqa masalalarni o‘z ichiga oladi.

So‘rov davlat tilida olib boriladi. Davlat tilini bilmaydigan respondentlar o‘z ona tilida yoki boshqa erkin tanlangan muloqot tilida so‘rovda ishtirok etishi mumkin. Ro‘yxatga olish bo‘yicha yakuniy ma’lumotlar yuridik va jismoniy shaxslar uchun ochiq bo‘ladi hamda ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinib, davlat statistika qo‘mitasi rasmiy saytiga joylashtiriladi.

Tuman statistika bo‘limi.

 

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM