Tumanda o‘rmonchilik rivojlanishi kerak

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi raisi N.Bakirov boshchiligidagi ishchi guruh tumanimizga keldi. Jomboy o‘rmon xo‘jaligida soha xodimlari ishtirokida amaliy seminar o‘tkazildiTadbirda 2020 yil 6 oktyabrda qabul qilingan "O‘zbekiston Respublikasida o‘rmon xo‘jaligi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida"gi Prezident qarori ijrosi muhokama etildi. Mevali va manzarali daraxt hamda buta urug‘larini tayyorlash, nihol va ko‘chat yetishtirishni ko‘paytirish borasidagi Jomboy tajribasi taqdimot qilindi.

– Xo‘jaliklarda tut, qarag‘ay, kashtan, eman va boshqa noyob turdagi nihol va ko‘chatlarni yetishtirish, ixota daraxtzorlarini barpo qilish, agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida bajarish, tez o‘suvchi ko‘chatlarni yetishtirish va plantasiyalar tashkil etishga e’tibor qaratishimiz lozim, – dedi qo‘mita raisi N.Bakirov. – Bu borada Samarqandda barcha sharoit mavjud.

Seminar ishtirokchilari Bulung‘ur tumanidagi " Baxtiyor Fayzullayev katta quyonchi chorvasi" hamda "Tohir Bo‘ronovich" fermer xo‘jaliklarida ham bo‘lishdi.

Mutasaddilarga ziroatchilik, chorvachilik, asalarichilik kabi yo‘nalishlarni ham rivojlantirish, issiqxona tashkil etish, qayta ishlashni yo‘lga qo‘yish hamda ekoturizmni rivojlantirish bo‘yicha topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

 

O‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi axborot xizmati.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM