Yangi qishloqqa elektr boradi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Joylarda tuman hokimining sayyor qabullari tashkil etilayotganidan xabaringiz bor. Prezident topshirig'iga ko'ra, endilikda aholi murojaatlari bilan ishlashning yangi, samarali usuli amaliyotga joriy etilmoqda. Shuningdek, sektor rahbarlari bundan buyon har kuni mahallalarda bo'lib, fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot o'tkazadi.

Qabullarda uy-joy olish bilan bog'liq murojaatlar ko'pchilikni tashkil etmoqda. Naymantepa va Taldirazzoq mahallalarida o'tkazilgan bugungi tadbirda ushbu jihatga  e'tibor qaratildi. Yer ajratish tuman hokimligi vakolatida emasligi, fuqarolar tijoriy yoki subsidiya asosida uy-joy olishi mumkinligi tushuntirildi. Shuningdek, mutaxassislar tomonidan tumanda qurilayotgan ko'p qavatli yangi uy-joy komplekslari, loyihalashtirilayotgan kvartallar rejasi aholiga tanishtirildi.

Tuman hokimi ijtimoiy-iqtisodiy mavzulardagi murojaatlarni ham eshitdi. Qabulda Mirza Qang'li qishlog'idan tushgan jamoaviy murojaat tadbirdan so'ng joyida o'rganildi. Ma'lum bo'lishicha, so'nggi yillarda vujudga kelgan qishloq 25 xo'jalikdan iborat. Transformator, simyog'ochlar hali o'rnatilmagani uchun elektr ta'minotida muammolar yuzaga kelgan. Muammo joyida yechim topdi. Qisqa fursatda hududdagi elektr ta'minoti tartibga solinishi belgilandi.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM