Tumanda “Ustozlar bellashuvi” fan musobaqasi o‘tkaziladi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Xalq ta’limi xodimlarining an’anaviy avgust kengashi yuqori saviyada o‘tkazildi. Maktab direktorlari, soha mutaxassislari, tajribali ustoz-pedagoglar qatnashgan tadbirda tuman hokimi Qayum Sobirov so‘zga chiqdi.

– Yangi o‘quv yilini har doimgidan ham ko‘tarinki kayfiyatda boshlayapmiz, – dedi hokim. – Avvalo, joriy yilgi bitiruvchilarimiz orasida oliy ta’lim muassasalariga kirish imtixonlarini muvaffaqiyatli topshirgan o‘quvchilar ko‘pchilikni tashkil etdi. Qolaversa, Prezidentimizning alohida e’tiborlari sabab aksariyat maktablarimizda qurilish-ta’mirlash ishlari olib borildi. Oldimizda yangi mavsum. O‘ylaymanki, yangi kuch, yangi rejalar bilan boshlanayotgan o‘quv yilida yanada yuksak natijalarga erishamiz.

Anjuman avvalida tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri Zarifa Yusupovaning hisoboti eshitildi.

Qayd etilishicha, yangi o‘quv yilidan tizimda qator islohotlar amalga oshiriladi. Jumladan, maktab direktorlarining yagona maqsadli rejasini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish, fanlar kesimida hududiy repetitorlik kurslarini tashkil qilish, “Hokim stipendiyasi” uchun tanlov qamrovini kengaytirish rajalashtirilgan.

– Bundan tashqari, sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish maqsadida “Ustozlar bellashuvi” fan musobaqasi o‘tkaziladi, – dedi Z.Yusupova. – Maktablar o‘rtasida nufuz va salohiyat ko‘rsatkichlarini qamrab olgan ichki reyting yuritiladi. Yuqori natijalarga erishgan o‘quvchilar, pedagoglar, maktab jamoalari rag‘batlantirib boriladi. Yangi marralarga erishishda barcha hamkasblarimizga muvaffaqiyat tilaymiz.

Tadbir davomida ustozlardan bir guruhiga tuman hokimi faxriy yorlig‘i hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM