Jomboy ijodkorlari almanaxi nashr etildi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

"Yuragimdasan, Jomboy" ijodiy to'plami poytaxtimizdagi "Yangi kitob" nashriyotida tayyorlangan. Kitob publitsistika, nasr, nazm bo'limlaridan iborat bo'lib, tumanimizdan yetishib chiqqan, shu muhitda ijod qilayotgan 60 nafardan ortiq jurnalist, shoir va adiblar asarini o'zida jamlagan.

E'tiborlisi, mamlakatimiz mustaqilligining 30 yilligiga bag'ishlangan to'plamga asosan, Jomboy tarixi, madaniyati, mehnatkash xalqi haqidagi ijodiy ishar kiritilgan. Zero, Vatan tuyg'usi ostonadan boshlanadi.

Tuman hokimligida mualliflar jamoasi ishtirokida kitob taqdimoti o'tkazildi. Unda so'zga chiqqan Erkin Omon, Bibirajab Elbekova, Malohat Abdanova kabi ijodkorlar to'plamni nashrga tayyorlash va chop etishdagi fidoyiligi uchun tahrir jamoasiga, shuningdek moliyalashtirishdagi ko'magi uchun tuman hokimligiga minnatdorchilik bildirishdi.

Tadbirda tuman hokimi Qayum Sobirovning yangi – "O'zlikni izlab" asari ham o'quvchilar qo'liga yetib bordi. Ushbu kitobdan muallifning hayotiy kuzatish va xulosalari o'rin olgan.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM