Ozoda opa “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Mamlakatimizning mard va jasur, yuragida o‘ti bor sportchi yoshlari xalqaro maydonlarda yorqin g‘alabalarga erishsa, olqishlanadi, yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlanadi. Ularning trenerlariga ham, sport federasiyasi rahbarlariga ham hurmat ko‘rsatiladi.

Ammo, farzandining qalbida sportga mehr uyg‘otgan, uni to‘g‘ri yo‘naltirib, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatgan ota-onalari ko‘pincha eslanmaydi. Aslida har bir buyuklik ortida buyuk tarbiya turadi.

Shuni inobatga olgan holda "Nuroniy" jamg‘armasi xayrli tashabbusni ilgari surdi. Turizm va sport vazirligi hamda Milliy olimpiya qo‘mitasi bilan hamkorlikda bir guruh chempionlarning ota-onalarini birinchi darajali “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlashga qaror qildi.

Taqdirlanganlar orasida Jomboy iftixori Navbahor Hamidovaning onasi Ozoda Hamidova ham bor. Ma'naviyatli, vatanparvar, fidoyi farzand tarbiya qilgani uchun Ozoda opaga tuman hokimligi ko'p ming sonli jomboyliklar nomidan samimiy minnatdorchilik bildiradi.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM