Bayram sovg‘asiz o‘tmadi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Tumanimizdan “Ayollar daftari”ning ikkinchi bosqichiga kiritilgan xotin-qizlarning 938 nafari ishsiz, ijtimoiy himoyaga muhtoj hisoblanadi. Shundan 274 nafarining bandligini ta’minlash yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqilgan.

Mustaqilligimizning 30 yilligi nishonlanayotgan qutlug‘ kunda ushbu opa-singillarimizning xonodoniga bayram quvonchi kirib bordi. O‘zini-o‘zi band qilish dasturi asosida 69 nafariga pishiriq pechlari hamda 100 nafariga tikuv mashinasi topshirildi.

Sektor rahbarlari ishtirok etgan uchrashuvlarda mamlakatimizda inson qadr-qimmati oliy qadriyat ekani ta’kidlandi. Islohotlar bardavom bo‘lishi haqida fikrlar bildirildi.

Asbob-uskunlarni qabul qilgan xotin-qizlarning aksariyati kelgusida tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish, o‘z oilasining iqtisodini yaxshilash uchun samarali ish boshlashni niyat qilishgan.

Hafiza O‘SAROVA.

 

 

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM