“Obod qishloq” nega hanuz obod bo‘lmadi?

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Viloyat hokimi rahbarligida o‘tkazilgan navbatdagi videoselektor yig‘ilishida “Obod qishloq” hamda “Obod mahalla” dasturlari ijrosi yuzasidan hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar tanqidiy muhokama etildi.

Qayd etish joizki, joriy yilda tumanimizning Qo‘lbosti va Qo‘ziguzar qishloqlari davlat dasturi asosida obodonlashtirilmoqda. Rejaga ko‘ra, Qo‘lbosti qishlog‘ida 7 kilometr ichimlik suvi, 2,1 kilometr elektr tarmog‘i yangilanishi belgilangan. Bugungi kungacha, 5,9 kilometr suv quvurlari yotqizilgan bo‘lsa, elektr tarmoqlari bilan bog‘liq ishlar ham o‘lda-jo‘lda qolmoqda. Vaholanki, yil deyarli yakunlanib qoldi. Hademay sovuq kunlar boshlanishini hisobga olsak, mutasaddilarning dastur ijrosiga naqadar mas’uliyat bilan yondashayotgani oydinlashadi.

Yig‘ilish davomida ushbu jihatlar viloyat rahbarining jiddiy e’tiroziga sabab bo‘ldi. Ayniqsa, ichki yo‘llarni ta’mirlash bilan bog‘liq jarayon keskin tanqid qilindi.

Darhaqiqat, hududda 1,5 kilometr asfalt, 6,6 kilometr tosh yo‘l barpo etilishi ko‘zda tutilgan bo‘sa-da, bugungi kungacha ishning 20 foizi bajarilgan, xolos. Qo‘ziguzar qishlog‘idagi vaziyat esa yanada achinarli. Umumiy hisobda 9 kilometr yo‘l ta’mirlanishi belgilangan holda sebtabr holatiga atigi 1,5 kilometr qismiga tosh yotqizilgan.

Videoselektor yig‘ilishidan so‘ng sohaga mas’ul barcha mutasaddilar tuman hokimi boshchiligida hududga bordi. Arxitektura, kadastr, kommunal ta’minot, yo‘l qurilishi mutasaddilariga kechiktirib bo‘lmas topshiriqlar berildi. Ijrosi yuzasidan muddat belgilanib, qat’iy ogohlantirildi.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM