23-maktab jamoasi bildirgan taklif ham moliyalashtiriladigan bo‘ldi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Prezidentimizning “Ochiq budjet” axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida shakllangan tadbirlarni moliyalashtirishni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Unga asosan, tumanimizga qo‘shimcha tarzda 611 million so‘m mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilgan.

Qayd etish joizki, dastlabki bosqichda birinchi va ikkinchi o‘rinni egallagan “Qo‘lbosti mahallasining asosiy va ichki ko‘chalarini ta’mirlash” hamda “Tumandagi ijtimoiy uyni ta’mirlash” takliflari g‘olib, deb topilib, moliyalashtirilgandi. Ovoz berish jarayonida 976 marta qo‘llab-quvvatlangan “23-maktab binosining eshik-romlarini to‘liq almashtirish” taklifi bilan 3-o‘rinni egallagan. Demak, ketma-ketlik bo‘yicha ushbu g‘oya qo‘shimcha ajratilgan mablag‘ hisobidan ro‘yobga chiqariladi.

Shuningdek, 2022-yil 1-yanvardan boshlab tuman budjeti parametrida hududiy ichki yo‘llarni ta’mirlash uchun ajratiladigan mablag‘larning 50 foizi “Ochiq budjet” portali orqali jamoatchilik fikri asosida tasarruf etiladi.

Muhammadjon SULAYMANOV,

tuman hokimligi moliya bo‘limi bosh iqtisodchisi.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM