Klaster istiqbollari muhokamada

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Tuman hokimligi tashabbusi bilan tashkil etilgan navbatdagi press-turda klasterlar faoliyati tahlil etildi.

Qayd etish joizki, tumanimizda faoliyat yuritayotgan “Afrosiyob jeans”, “Amin inbest international” hamda “Maroqand meva-sabzavot” qo‘shma korxonalari klaster shaklida ishlab kelmoqda. E’tiborlisi, har uchala ishlab chiqarish subyektida 5 mingdan ortiq xodim doimiy ish bilan band.

Tadbirda “Jomboy tongi” gazetasi hamda tumanda faoliyat yuritayotgan journalist-blogerlar qatnashdi. Tuman hokimi Qayum Sobirov so‘zga chiqib, klaster tizimining afzalliklariga to‘xtaldi. Xususan, eksport ko‘rsatkichlarini yaxshilashdagi ahamiyati haqida fikr yuritdi. Birgina misol, “Amin invest international” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida 399 ming AQSH dollarlik trikotaj mahsulotlari xorijga eksport qilingan. Qolaversa, ishlab chiqarishni mahalliylashtirishda ham klasterlar alohida o‘rin tutmoqda.

Tadbir doirasida matbuot anjumani ham tashkil etilib, jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.

 

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM