Yoshlar vaqti mazmunli o‘tishi kerak

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Xalq deputatlari tuman kengashining 38-sessiyasi kun tartibiga yoshlarga oid davlat siyosatining tumandagi ijrosi kiritilgani, jumladan “daftar”dagi yigit-qizlar muammosini hal etish, ularni kasb-hunarga o‘qitish kabi masalalar muhokama etilgani haqida xabar bergandik. Sessiya yakunida jurnalist va bloger uchun matbuot anjumani tashkil etildi.

Tadbirda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi. Mavzu yuzasidan tuman hokimining yoshlar bo‘yicha o‘rinbosari Jo‘rabek Rajabov so‘zga chiqdi. Shuningdek, tuman hokimi Qayum Sobirov OAV xodimlari bergan savollarga javob qaytardi.

– Tumanimizda 175 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladi, – dedi hokim. – Shundan qariyb 110 ming nafari 30 yoshgacha yigit-qizlardir. Ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish albatta, muhim. Zero, sport, san’at, kasb-hunar bilan band bolaning bekorchi ishlar, yot g‘oyalar uchun vaqti bo‘lmaydi.

Ta’kidlanishicha, tumanda 30 dan ortiq jismoniy tarbiya, 10 dan ortiq musiqa va san’at muassasalari, to‘garaklar faoliyat yuritadi. Ularning soni sohaga xususiy sektor jalb etilishi bilan yanada ortib bormoqda. Olaylik, so‘nggi ikki yilda davlat-xususiy sherikchilik asosida 4 ta sport inshootlari foydalanishga topshirilgan.

– Qolaversa, maktab sport zallaridan mahalliy yoshlar ham bepul foydalanishi uchun sharoit yaratilgan, – deydi J.Rajabov. – Bunda dars mashg‘ulotlaridan keyingi vaqt hisobga olinadi. Ayni paytda tumanda mavjud futbol maydonlarining o‘zi 22 tani tashkil etmoqda.

Anjuman davomida bildirilgan takliflar ham o‘rganish uchun qabul qilindi.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM