Tuman sardorlari bellashdi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tuman Sardorlar Kengashi a’zolari saylovi o‘tkazildi. Tadbirda umumta’lim maktablarining 14 nafardan nomzod o‘quvchilari o‘z bilim-salohiyatlarini namoyish etgan holda turli yo‘nalishlar bo‘yicha sardorlik o‘rni uchun bellashdilar.

Har bir nomzod o‘z dasturi bo‘yicha taqdimot shaklida chiqish qildi. Sardorlikka saylangach, amalga oshirmoqchi bo‘lgan loyiha va rejalari haqida tadbir ishtirokchilariga ma’lumot berdi. Eng yaxshi sardorlik dasturlari ishtirokchilar tomonidan ovozga qo‘yildi. Shu tariqa 100 nafardan ortiq nomzodlar orasidan yo‘nalishlar bo‘yicha 14 nafar tarkibdagi sardorlar kengashi saylandi.

Tadbirda tuman hokimi o‘rinbosari J.Rajabov, tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik S.Shavmanov qatnashdi va so‘zga chiqdi. Yurtimizda yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlar haqida fikr bildirib, saylov g‘oliblarini tabriklashdi.

2015-2021 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM