Ular hayotimiz gul-u lolasi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Tumanimizda xalqaro qizlar kuni shunday shior bilan nishonlanmoqda. 

Xususan, 46- hamda 56-umumta’lim maktablarida badiiy kecha tashkil etildi. Unda ellikdan ortiq qizlar raqs, hunarmandchilik, va pazandachilik borasidagi mahoratlarini namoyish etishdi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2011-yil 19-dekabrdagi rezolyusiyasiga ko‘ra, 11-oktabr xalqaro qizlar kuni sifatida belgilangandi. Ushbu kunda dunyo bo‘ylab qizlarning hayot tarzi, huquq va erkinliklari, ular duch keladigan ijtimoiy muammolar, yashash sharoitlari bilan bog‘liq tadbirlar o‘tkaziladi.

E’tiborlisi, yurtimizda gender tengligini ta’minlash, erta nikoh, mehnat munosabatlari, zamonaviy kasb-hunarlarni egallash va ta’limdagi notenglikka qarshi kurashish borasida muhim qadamlar tashlanmoqda. Bir so‘z bilan aytganda, o‘zbek qizlarini kelajagi porloq etib tarbiyalash davlatimiz siyosatining muhim yo‘nalishlaridan sanaladi. Tumanimizda o‘tkazilayotgan tadbirlarda ushbu jihatlarga ham e’tibor qaratildi. 

O‘quvchi-qizlar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

2015-2021 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM