Chempion qiz xonadonida

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Jomboylik Nurxon Ochilova Toshkent shahrida o‘tkazilgan yengil atletika bo‘yicha Markaziy Osiyo chempionatida ishtirok etib, g‘oliblar safidan o‘rin olgani haqida xabar qilgandik. Bugun sportchi qiz xonadoni mehmonlar bilan gavjum bo‘ldi.

Tuman prokurori, 2-sektor rahbari J.Ahmedov boshchiligidagi jamoatchilik vakillari Nogahon mahallasida bo‘lib, chempionning ota-onasiga barkamol avlod tarbiyasi uchun minnatdorchilik bildirishdi.

Ta’kidlash joiz, o‘smirlar o‘rtasidagi musobaqada turli mamlakatlardan 500 nafarga yaqin ishtirokchi qatnashgan. Respublikamiz sharafini himoya qilgan Nurxon Ochilova 100 metrga g‘ovlar osha yugurish yo‘nalishida 3-o‘rinni egallagan.

Tadbirda viloyat hokimining sport ishlari bo‘yicha maslahatchisi Hamroqul Rafiyev hamda tuman hokimi o‘rinbosari Jo‘rabek Rajabov so‘zga chiqdi. Kelajakda Nurxon Olimpia o‘yinlarida ham yurtimiz sharafini himoya qilishiga tilak bildirishdi.

Zubaydullo XOLMATOV,
Turizm va sport bo‘limi boshlig‘i.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM