“Jomboy” birinchi ligada qoldi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Futbol bo‘yicha birinchi liga o‘yinlarining so‘nggi tur uchrashuvlari yakunlandi. Aytish lozimki, ushbu chempionatning 22-tur o‘yinlarigacha “Zomin” va “G‘ijduvon” jamoalari keyingi dovon – “Pro-liga”ga chiqish chiptasini naqd qilib qo‘ygandi. Ammo so‘nggi tur birinchi liga bilan xayrlashuvchi jamoa nomiga oydinlik kiritishi bilan ahamiyatli bo‘ldi.

O‘yinda “Jomboy” jamoasi “Chig‘atoy”ga qarshi to‘p surib, 4:2 hisobda g‘alaba qozondi. Shu tariqa birinchi liga bahslarining joriy mavsumini 9 o‘rinda yakunladik. Demak, vakillarimiz keyingi mavsumda ishtirok etish huquqini saqlab qolishdi.

“Jizzax-Bars” jamoasi musobaqa jadvalining oxirgi pog‘onasidan joy oldi va birinchi ligani tark etdi. Eslatib o‘tish joizki, oldinroq “Rubin” klubi ham liga musobaqasidan chetlatilgandi.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM