Kuz-qish mavsumiga hozirlik muhokamada

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Xalq deputatlari tuman kengashining qirq ikkinchi sessiyasi o‘tkazildi. Tadbirda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari 3-sektor misolida sarhisob qilindi. Mavzu yuzasidan ichki ishlar bo‘limi rahbari S.Shavmanov axborot berdi.

Qayd etilishicha, mavsum oldidan Dehqonobod mahallasining Shifokorlar ko‘chasida joylashgan 20 ta aholi xonadoni tabiiy gaz tarmog‘iga ulangan. Eski Jomboy, Nayman, Olmazor, Quduqli, Saroy va Qo‘rg‘onsolomon mahallalarida 171 nafar oila uchun maishiy gaz baloni ajratilgan. Yog‘inli kunlarda elektr energiyasini еtkazib berish bilan bog‘liq uzilishlar kuzatilishini inobatga olib, O‘rtabo‘z-2 hamda O‘roqli qishloqlariga 1 tadan yangi transformator o‘rnatilgan.

– Ijtimoiy soha obyektlari alohida nazoratga olindi, – dedi S.Shavmanov. – Jumladan, 18-, 24-, 25-, 27-, 29-, 30-umumta’lim maktablarining tom, fasad qismi, issiqlik tizimi, qozonxona va xojatxonalari ta’mirlandi, eshik-romlari almashtirildi. Ehtiyojdan kelib chiqib, 227,5 tonna ko‘mir zahirasi jamg‘arildi.

Shuningdek, 4-sektor rahbari B.Baratovning aholi turmushini yaxshilash yuzasidan yagona onlayn tizimiga ma’lumot kiritish to‘g‘risidagi hisoboti muhokama etildi.

Tumanda istiqomat qiluvchi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda umumta’lim maktablari faoliyati tahlili ham kun tartibidan o‘rin oldi.

Deputatlar muhokamasidan so‘ng tegishli qarorlar qabul qilindi.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM