Ko‘prik atrofida yashil maydon barpo etilmoqda

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Prezidentimiz yashil maydonlarni kengaytirishga bejiz e’tibor qaratmadi. Bundan ko‘zlangan maqsad qarovsiz qolayotgan hududlarni obod qilish orqali tabiiy musaffolikni saqlash, yurtimiz manzarasini yanada go‘zal qilishdan iboratdir.

Ushbu jihat inobatga olinib tumanimizda o‘tkazilayotgan ko‘chat ekish tadbirlarida asosan, tashlandiq ahvolga kelib qolgan maydonlar tanlanmoqda. Jumladan, tumanimiz markaziga kirib kelishda – “Uz Truck and Bus Motors” avtomobil zavodi yaqinidagi nishablik ayni paytda obodonlashtirilmoqda.

– Umumiy maydon 1,2 gektarni tashkil etadi, – deydi tuman hokimi o‘rinbosari H.Hamroyev. – Yapon safurasi, archa, katalpa, qayrag‘och kabi 3 ming tupdan ortiq manzarali daraxt ko‘chatlarini o‘tqazish rejalashtirilmoqda. Ammo yer xususiyatini e’tiborga olib, daraxtlar ekiladigan maydonga ma’lum miqdorda unumdor tuproq to‘shalyapti. Bu ham kelgusida samaradorlikni oshiradi.
Ayni paytda hududda obodonchilik ishlari davom etmoqda. 

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM