Korrupsiya jamiyat uchun halokat

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Tuman hokimligida huquqni muhofaza qiluvchi organlar ishtirokida seminar o‘tkazildi. Tadbirda “Korrupsiya va bu turdagi jinoyatlarning jamiyat taraqqiyotiga halokatli ta’siri” mavzusida so‘z yuritildi.

Viloyat hokimligi, ichki ishlar boshqarmasi, prokuratura mutasaddilari so‘zga chiqib, davlat xizmatchilari tomonidan pora olish yoki unga vositachilik qilish og‘ir jinoyat ekani, bunday qilmish uchun milliy qonunchiligimizda qat’iy jazo choralari belgilanganini ta’kidlashdi. 

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, joriy yilning o‘tgan davrida tumanimizda 260 dan ortiq jinoyat sodir etilgan bo‘lib, shundan 4 tasi korrupsiya bilan bog‘liq harakatlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu o‘z navbatida, targ‘ibot ishlari ko‘lamini yanada kengaytirish zarurligini anglatmoqda. Zero, muqaddas dinimizda ham bu illat qattiq qoralangan. Mavzu yuzasidan fikr bildirgan “Islomobod” jome masjidi imom-xatibi X.Sattorov Qur’oni karim va Hadislardan misollar keltirdi. 

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM