Mahalla xavfsiz bo‘lishi kerak

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Qo‘ng‘irot mahalla fuqarolar yig‘inida “Ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, jinoyatchilik, o‘z joniga qasd-suiqasd, oilaviy ajrimlar va boshqa salbiy holatlarning oldini olish yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tezkor vazifalar mavzuida ochiq muloqot o‘tkazildi.

Tadbirda viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari A.Halimov ishtirok etdi. Shuningdek, tuman ichki ishlar bo‘limi hamda prokurortura mutasaddilari, sud vakillari qatnashdi.

 Mahalla fuqarolar yig‘ini xodimlari va profilaktika inspektori hamkorligi, jamoatchilik vakillarining ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirishdagi o‘rni haqida fikr-mulohazalar bildirildi.

Qayd etilishicha, 2021-yilda oilaviy ajrimlar tuman miqyosida 160 taga yaqinlashib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan sezilarli oshgan. O‘z joniga qasd va suiqasd holatlari esa 21 ta, o‘ta og‘ir jinoyatlar 5 taga yetgan. Ushbu ko‘rsatkichlarni yaxshilash birinchi galdagi vazifa ekani ta’kidlandi.

– Tan olish kerak, ma’naviy-ma’rifiy muhitni sog‘lomlashtirish borasidagi ishlarimiz yetarli bo‘lmadi, – dedi U.Mamatov. – Buni o‘tgan yilgi raqamlar ko‘rsatib turibdi. Prezidentimiz tashabbusi bilan joriy etilgan hokim yordamchisi va yoshlar agentligi vakili hademay har bir mahallada ish boshlaydi. Endi kamchiliklar bilan ishlash yaramaydi. Mahalla raisi va xodimlaridan fidoyilik talab etiladi.

Yig‘ilish davomida mas’ullar ommaviy axborot vositalari vakillari va faollarning savollariga javob berishdi. Jumladan, qotillik, avtomobil o‘g‘irlash kabi og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarning oshishi sabablari izohlandi. Kelgusida oldini olish yuzasidan ko‘rilayotgan choralar haqida ma’lumot berildi.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM