Hokimlik xodimlari qancha maosh oladi?

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

#Munosabat

“Hayot Samarqandiy” telegram kanalida Jomboy tuman mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanilishiga doir post qoldirildi. Jumladan, bloger tuman hokimligi xodimlarini moddiy rag‘batlantirish uchun 114 million 217 ming so‘m hamda xalq deputatlari tuman kengashi kotibiyati xodimlarini moddiy rag‘batlantirish uchun 19 million 456 ming so‘m mablag‘ ajratilganiga e’tibor qaratgan.

Budjet kodeksining 126-moddasiga ko‘ra, mahalliy budjet daromadlar rejasining oshirib bajarilgan qismi mahalliy kengash qarori asosida tasarruf etiladi. Mehnat kodeksining 153-moddasida esa taqiqlanmagan manbalar hisobidan xodimlar moddiy rag‘batlantirib borilishi mumkinligi belgilangan.

So‘z yuritilayotgan mavzu tuman kengashining 40-sessiyasida ko‘rib chiqilgan. Demak, mablag‘lar ajratilishida qonun talablari buzilgan emas.

“Bunday o‘ylab qaraylikchi, hokimiyatda umumiy hisobda 30 ta xodim bo‘lsa, har biri o‘rtacha, 4 million so‘mdan moddiy rag‘batlantirilgan. Kengash kotibiyatida 3 nafar xodim ishlaydi va ular 6 million so‘mdan ziyodroq pul mukofoti olgan… Pul mablag‘lari o‘z egalariga yetib bordimi?”, deydi bloger post davomida.

Mablag‘lar 4-chorak uchun ajratilgan va uning 25 foizi Soliq kodeksining 405-moddasi talabiga ko‘ra, budjetga qaytarilgan.

Tuman hokimligida 56 nafar xodim mehnat qiladi. Rag‘batlantirish ro‘yxatiga tuman hokimi va o‘rinbosarlari kiritilmagan. Apparat tarkibining 22 nafari faqat dekabr oyi uchun rag‘bat olishi belgilangan. Qolgan 23 nafariga esa oktabr, noyabr, dekabr oylari uchun ustama berib boriladi. Ushbu texnik xodimlarning lavozim okladi o‘rtacha, 1 million so‘mni tashkil qiladi.

Moddiy rag‘bat hajmi uch oy uchun o‘rtacha 2 million so‘m. Daromad solig‘ini hisobga olsak va ushbu summani uch oyga teng taqsimlasak, hokimlik xodimlari bloger o‘ylagandek 4-6 million so‘m emas, halol mehnatiga yarasha haq olayotgani oydinlashadi.

Tuman hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM