Hokim yordamchilari ish boshladi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Prezidentimiz tashabbusi bilan har bir mahallada hokim yordamchisi lavozimi joriy etilgandi. Tumanimizda ham ushbu vakolat uchun nomzodlar qariyb biro y davomida saralandi. Kuni kecha tuman hokimi farmoyishi bilan 38 nafar xodimlar vazifasiga kirishdi. 

Qayd etish joizki, yangi tizimdan ko‘zlangan maqsad “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan aholi qatlamlari bilan doimiy ishlash, daromad keltiruvchi faoliyat bilan shug‘ullanishiga ko‘maklashishdan iboratdir.

Ahmadjon Qurbonov mahallasiga tayinlangan hokim yordamchisi Ch.Shananova o‘z ishini xonadonma-xonadon yurgan holda xotin-qizlar va yoshlar muommosini o‘rganishdan boshladi.
 Jumladan, N.Eshnazarova xonadonida o‘rganilganda ushbu fuqaro hunarmand ekani, qo‘ni-qo‘shni ayollarni ham ushbu sohaga jalb etmoqchiligini bildirdi. Ammo gilam to‘qish dastgohi olishga qiynalayotgan ekan. Ushbu mahallada yashovchi S.Rahimboyeva esa tikuv mashinasi olishda amaliy yordam so‘radi.

Ayni paytda shu kabi opa-singillarimizning murojaatini ijobiy hal etish chorasi ko‘rilyapti.

Hafiza O‘SAROVA.


 

2015-2022 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM