Uy-joy fondiga xizmat ko‘rsatish: muammo va yechimlar

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Uy-joy fondiga kommunal xizmat ko‘rsatishning bugungi holati, sohadagi muammo va kamchiliklar mavzuida matbuot anjumani o‘tkazildi. “Jomboy tongi” gazetasi muxbirlari, mahalliy bloger va erkin jurnalistlar ishtirok etgan tadbirda tuman hokimi o‘rinbosari Sh.Rahimov mavzu yuzasidan axborot berdi.

Qayd etilishicha, tumanda 38 ta ko‘p qavatli uy mavjud bo‘lib, ularga “Jomboy ishonchli kommunal servis” boshqaruv-servis kompaniyasi xizmat ko‘rsatadi. Ushbu uy-joy fondi tabiiy gaz va elektr energiyasi bilan to‘liq ta’minlangan. Toza ichimlik suvi tarmog‘iga 14 ta, oqova suv tarmog‘iga 21 ta uy xonadonlari ulangan.

2017-2019 yillarda mazkur turar-joy binolarini ta’mirlash uchun milliard 550 million 800 ming so‘m imtiyozli kredit ajratilgan.

2021-yilda “Guliston” mahallasidagi 4-, 5-, 6-, 7-, 8-uylar oldiga 2,5 ming kvadrat-metr beton qoplandi va 205 metr lotok-ariq yotqizildi.

Bundan tashqari, mahalliy budjet hisobidan 10 ta uy hovlisiga tungi yoritish chiroqlari o‘rnatildi.

Bloger Nargiza G‘afforova so‘roviga ko‘ra, 2022-yilga mo‘ljallangan ishlar yuzasidan ham qo‘shimcha ma’lumot berildi.

– Birinchi navbatda, ichimlik suvi bilan ta’minlash darajasini yaxshilashga e’tibor qaratamiz, – dedi Sh.Rahimov. – Jumladan, Toshkent, Guliston, Alisher Navoiy, Shodlik va Ahmadjon Qurbonov mahallalari hududida 30 kilometrdan iborat tarmoq tortish ishlari boshlandi.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM