“Ochiq budjet” jarayonida 1-mavsum yakunlandi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

“Budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori hamda va “Mahalliy budjet mablag‘lari sarflanishida jamoatchilik ishtirokini ta’minlash to‘g‘risida”gi Senat kengashi qaroriga asosan, Moliya vazirligi yangilangan “Ochiq budjet” axborot portalini ishga tushirdi.

Fuqarolar tomonidan bildirilgan takliflarni amalga oshirish uchun tuman hokimligida “Fuqarolar tashabbusi” jamg‘armasi shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i shakllantirildi. Ushbu jamg‘armaga 2022-yil 1-yanvar holatiga tuman budjeti erkin qoldiq mablag‘larining 30 foizi (940 million so‘m), tasdiqlangan umumiy harajatlarning 2,5 foizi (3 milliard 567,4 million so‘m) o‘tkazildi.

2022-yil boshida 266,6 million so‘m qoldiq mablag‘ mavjud edi. Shu hisobda birinchi mavsum takliflarini moliyalashtirish uchun jami 4 milliard 774,1 million so‘m yo‘naltirildi.

Jarayon 3 bosqichda tashkil qilindi.

1-bosqich. Fuqarolar tomonidan “Ochiq budjet” axborot portaliga loyiha takliflari joylashtirildi. Bu 1-fevraldan 22-fevralgacha davom etdi. Shu vaqt oralig‘ida fuqarolardan 226 ta taklif kelib tushdi.

2-bosqich. Tuman hokimligida tuzilgan ishchi guruh taklif loyihalarini mezon talablari asosida saraladi. 4-martga qadar davom etgan jarayonda umumiy qiymati 30,4 milliard so‘mlik 67 ta taklif ovoz berish uchun yakuniy bosqichga o‘tkazildi.

3-bosqich. Joriy yilning 5-martidan 4-apreligacha ovoz berish tizimi ishlab turdi, 24 mingdan ortiq fuqarolar o‘zlariga ma’qul bo‘lgan taklifni yoqlab ovoz berishdi.

Natija yuqoridan pastga tamoyili asosida, “Fuqarolar tashabbusi” jamg‘armasida shakllangan mablag‘ hajmidan kelib chiqib aniqlandi. Bunda eng ko‘p ovoz to‘plagan 6 ta taklif g‘olib deb e’lon qilindi.

Tuman tibbiyot birlashmasini jihozlar bilan ta’minlash taklifi 3365 ta ovoz bilan 1-o‘rin, tuman markazida zamonaviy kutubxona qurish taklifi 2190 ta ovoz bilan 2-o‘rin, 28-umumta’lim maktabiga filial qurish taklifi 1574 ta ovoz bilan 3-o‘rin, Juriyat mahallasidagi 4 ta trasformatorni yangilash taklifi 1486 ta ovoz bilan 4-o‘rin, 20-maktabga filial qurish taklifi 1481 ta ovoz bilan 5-o‘rin hamda Holvoyi mahallasi uchun bino va markaz qurish taklifi 1465 ta ovoz bilan 6-o‘rinni qayd etdi.

G‘olib takliflar moliyalashtirilmoqda.

Muhammadjon SULAYMONOV,

Moliya bo‘limi bosh iqtisodchisi.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM