Sektorlar faoliyati muhokama etildi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Xalq deputatlari tuman kengashining navbatdagi – 56-sessiyasi o‘tkazildi. Tadbirda “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori ijrosi yuzasidan 2- hamda 4-sektorda amalga oshirilayotgan ishlar muhokama etildi.

Qayd etilishicha, joriy yilning o‘tgan davrida 4-sektor hududida 14 ta sayyor qabul o‘tkazilgan. Aholidan 111 ta murojaat va taklif kelib tushgan bo‘lib, 42 tasi ijobiy hal etilgan. Shuningdek, 65 tasi yuzasidan huquqiy tushuntirish berilgan.

– Bundan tashqari, 114 nafar ehtiyojmand fuqarolar holidan xabar olindi, –dedi sektor rahbari B.Baratov. – Ularga zarur tibbiy yordam ko‘rsatish choralari ko‘rildi. Sog‘lig‘ini tiklash uchun A.Asqarovga 34 million so‘m, I.Hamdamovga 6,5 million so‘m, E.Mahmudov 6 million so‘m ajratib berilgani fikrimiz tasdig‘idir. Bu boradagi ishlar tizimli davom etmoqda.

Sessiyada xizmatlar sohasini rivojlantirish dasturining aprel oyidagi ijrosi yuzasidan axborot beriladi. Bundan tashqari, jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudi raisi A.Abdurazzoqov, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish inspeksiyasi boshlig‘i O.Rustamov faoliyat samaradorligi bo‘yicha hisobot berdi.

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qaror loyihalari qabul qilindi.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM