Xotira muqaddas – qadr abadiy

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Xotira va qadrlash kuni tumanimizdagi barcha ta’lim muassasalarida nishonlanmoqda.

18-umumta’lim maktabida “Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni” shiori ostida tadbir tashkil etildi. Unda tinchlikni qadrlash, faxriylarni e’zozlash mavzuida she’r va qo‘shiqlar ijro etildi. O‘quvchilar nafaqadagi ustozlar holidan xabar olishdi.

H.Berdiyeva.

***

50-maktabda “Uch avlod uchrashuvi” o‘tkazildi. Tadbirda taniqli ijodkorlar Xo‘roz Abdusalomov, B.Elbekova, R.Sherova ishtirok etdi.

***

40-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi jamoasi “Xotira va qadrlash kuni” arafasida xayrli ishga bel bog‘ladi. Muassasada faoliyat yuritib, nafaqaga chiqqan faxriy ustozlar xonadonida bo‘lib, ularning hayotiy tajribalari haqida suhbat qilindi.

S.Karimova.

***

11-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari Vatanimiz sarhadlarini himoya qilish chog‘ida halok bo‘lgan qahramon-askar Murodjon Tojiyev xonadoniga borishdi. Uning oila a’zolari bilan suhbatda bolajonlar kelajakda harbiy bo‘lish istagida ekanliklarini bildirishdi.

L.Murtazoqulova.

***

21-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Xotira muqaddas – qadr abadiy” mavzuida bayram tadbiri boʻlib oʻtdi. Bolajonlarga urush faxriylari va ularning ibratli hayot yo‘li haqida maʼlumot berildi .

K.Xudoynazarova.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM